Prezident ma’muriy islohot o‘tkazishga doir muhim hujjatni imzoladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 22 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidentining “2022-2023 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturini ishlab chiqish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi.

Prezident 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturini ishlab chiqishni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasini (keyingi o‘rinlarda – Komissiya) hamda quyidagilar yuzasidan takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi guruhini tashkil etishga farmoyish berdi:

•    davlat boshqaruvi organlarining maqomini belgilash, tuzilmalarini takomillashtirish va shtat birliklarini maqbullashtirish;
•    davlat boshqaruvi organlari faoliyatida raqamli texnologiyalar, ochiqlik va DXSHni rivojlantirish;
•    davlat boshqaruvi organlarining moddiy-texnika ta’minotini takomillashtirish;
•    davlat boshqaruvi organlarining kadrlar salohiyatini takomillashtirish;
•    davlat boshqaruvi organlarida korrupsiyaning oldini olish;
•    mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish.

Shuningdek 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturining loyihasini ishlab chiqish sxemasi tasdiqlandi. Ishchi guruhlari rahbarlariga Dastur loyihasiga takliflar asosiy ustuvor yo‘nalishlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilishini ta’minlash topshirildi. 

Tayyorlangan takliflar taqdimot ko‘rinishida Prezident Administratsiyasiga taqdim qilinadi hamda ularga tahliliy ma’lumotnoma va jadvallar, rivojlangan mamlakatlarning tajribasini o‘rganish bo‘yicha ma’lumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek zarur hollarda, NHH loyihalari ilova qilinadi. Prezident Administratsiyasi Vazirlar Mahkamasi hamda ishchi guruhlari bilan birgalikda taqdim qilingan taqdimot materiallarini ko‘rib chiqadi hamda Komissiyaga kiritadi.

Komissiyaga 2022 yil 1 martga qadar 2022-2023 yillarda Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Prezident farmoni loyihasini kiritish vazifasi topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing