Prezident mahalliy ishlab chiqaruvchilarning oyog‘iga kim bolta urayotganini aytdi
Jamiyat
−
18 Sentabr 2019
7487Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyev raisligida kecha, 17 sentyabr kuni sanoatni jadal rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Davlat rahbari yig‘ilishdagi nutqida bugun iqtisodiyotda yaratib berilgan imkoniyat va imtiyozlardan amaldorlar va soxta tadbirkorlar faqat o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib qolayotganini qattiq tanqid qildi.
“Kechagi usul bilan, kechagi tizim bilan, kechagi dunyoqarash bilan ishlayapmiz. Biz bozor iqtisodiyotiga o‘tyapmiz-ku. Bizning erkin va ochiq iqtisodiy siyosatimizni hamma to‘g‘ri tushunmayapti. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, berilgan imtiyoz va imkoniyatlarni o‘zining tor manfaati yo‘lida ishlatayotgan amaldor va soxta tadbirkor soni kundan-kunga ortib boryapti”.
Mirziyoyev iqtidorga kelgan ilk kunlaridanoq, mamlakatda valyuta siyosatida kechkin o‘zgarishlar yuz berdi. Tashqi savdo va valyuta operatsiyalari erkinlashtirildi. Dalvat rahbari bu haqda gapirarkan, bo‘layotgan o‘zgarishlardan yana va yana chetdan import mahsulot olib kirishga foydalanib qolayotganlar talaygina.
“Tashqi savdo uchun valyutani erkinlashtirib berganimizdan ayrim shaxsloar faqat import qilish maqsadida foydalanib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning oyog‘iga bolta urmoqda. Bu ketishda iqtisodiyotning barqarorligi va sanoatning rivojiga jiddiy putur yetishini nahotki ko‘pchilik rahabarlar haligacha tushunib yetmadi. Biz erkin davlat, halol davlat, pok davlat, adolatli davlat, raqobatbardosh davlat, investitsion jozibador davlat deb dunyoga o‘zimizni bildiryapmiz-ku. Shuning uchun tarmoqlar va hududlarning barcha imkoniyatlarini to‘liq ishga solib, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga yo‘naltirilgan o‘zimizning sanoat siyosatimizni yuritishimiz shart deb hisoblayman”, deydi Prezident.
Hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni keskin kengaytirish va chuqurlashtirish masalalari atroflicha muhokama etildi.
Joriy yilda hududiy import o‘sishi tarmoqlardagiga nisbatan 2 barobar yuqori bo‘lishi kuzatilmoqda. Bu hududlarda ishlab chiqarishni keskin ko‘paytirish uchun katta ehtiyoj borligini yaqqol ko‘rsatadi.
Shavkat Mirziyoyev fikrlarida davom etarkan, mamlakatdagi islohotlar, pensiya, oylik maoshlarning oshirilishi, bunyodkorlik o‘z-o‘zidan bo‘lmasligi, barcha bevosita iqtisodga borib taqalishini yana bir bor eslatdi.
“Ertaga biz odamlarimizni boqishimiz kerak. Oyliklarimizni ko‘paytirishimiz kerak. Pensiya, nafaqa va qurilishlar qilishimiz kerak. Qani sanoat, qani lokalizatsiya? Bu barometr, ertangi kuni O‘zbekistonning”, deydi Prezident.
LiveBarchasi