Prezident korxonalarni xabardor qilmasdan elektrni uzmaslikka topshiriq berdi
Jamiyat
−
08 Sentabr 2023
2765Prezident Shavkat Mirziyoyev Energetika vazirligiga joylarda sanoat korxonalarini oldindan xabardor qilmasdan elektr ta’minotidan uzish amaliyotiga qat’iy chek qo‘yishga topshiriq berdi. Bu haqda ayni damda bo‘lib o‘tayotgan davlat rahbari raisligidagi sanoat korxonalari barqaror ishlashi uchun tarmoq va hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Ushbu yig‘ilishda hududlardagi sanoat korxonalari, avvalo, energiya resurslari ta’minoti bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratish muhimligi aytib o‘tilgan.
Shu munosabat bilan Bosh vazir boshchiligidagi komissiyaga bir oy davomida barcha hududlarga borib:
- qo‘shimcha ishlab chiqarishni hisobga olgan holda, oyma-oy hududlarning energiya balansini ishlab chiqish;
- joriy yilda ishga tushadigan loyihalarni birma-bir xatlovdan o‘tkazib, ularga zarur energiya resurslari ajratishni nazarda tutish topshirildi.
Shuningdek, Energetika vazirligiga joylarda sanoat korxonalarini oldindan xabardor qilmasdan elektr ta’minotidan uzish amaliyotiga qat’iy chek qo‘yishga topshiriq berilgan.
LiveBarchasi