Prezident xiyonatda ayblagan Akrom Rahmonqulov 7,6 yilga qamaldi
3-sahifa
−
29 dekabr 2021
20574Bugun, 2021 yil 29 dekabr kuni Toshkent viloyat sudida Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akrom Rahmonqulov va boshqalarga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.
Sudda quyidagi sudlanuvchilar:
Akrom Rahmonqulov (1968 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan),
Akbar Rahmonqulov (1972 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, “J-Quruvchi” MCHJ direktori),
Alisher Rahmonqulov (1982 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, “Ravon Yo`l Invest” MCHJ, “Sogdiana pipeplast” MCHJ va “Jizzax savdo lyuks” MCHJlar direktori),
G‘. Rahmatov (1963 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan),
B. Meliyev (1963 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati Qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazi direktori lavozimida ishlagan),
J. Hamroyev (1976 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, “Qurilish ta’minoti” xususiy korxonasi direktori bo‘lib ishlagan),
Sh. Baxriddinov (1990 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, “Kamol” XK, "Zenatkor fabrikasi mebellari" MCHJlar rahbari, "Qurilish ta’minoti" XK ta’sischisi va norasmiy rahbari),
I. Toshpo‘latov (1982 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, "Abduvohid qurilish ta’mir" MCHJ ta’sischisi va direktori),
Sh. Azimov (1977 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan),
A. Meliboyev (1993 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, “ARMO STROY” MCHJ rahbari),
Q. Muqumov (1974 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, “Toza suv inshoot” MCHJ direktori),
M. Sultanov (1972 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlagan),
A. Mahmudov (1964 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi Loyihalarni boshqarish va qurilishni texnik nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi),
Ya. Buronov (1962 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK Jizzax viloyati filiali sobiq direktori),
G‘. Sheraliyev (1975 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasida loyihalarni boshqarish va qurilishni texnik nazorat qilish bo‘limida yetakchi mutaxassis bo‘lib ishlagan),
A. Husniddinov (1987 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasida loyihalarni boshqarish va qurilishni texnik nazorat qilish bo‘limida yetakchi mutaxassis),
Sh. Kazakov (1963 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi loyihalarni boshqarish va qurilishni texnik kuzatish bo‘limi yetakchi mutaxassisi),
M. Muhiddinov (1986 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, "Kamol" KTQK va “Zenatkor Sayhan Kon Sanoat” MCHJlar bosh hisobchisi),
T. Mansurov (1978 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, "Zenatkor temir beton buyumlari» MCHJ bosh hisobchisi),
M. Mansurov (1978 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, "J–Quruvchi" MCHJ, "Sogdiana pipeplast" MCHJ, "Armo stroy" MCHJ va "Jizzax savdo lyuks" MCHJlar bosh hisobchisi),
O. Jo‘raboyev (1980 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, “Jizzax Bunyodkor Loyiha” MCHJ direktori),
N. Adilov (1981 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi loyihalarni boshqarish va qurilishni texnik kuzatish bo‘limi bosh mutaxassisi),
A. Rajabov (1986 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi loyihalarni boshqarish va qurilishni texnik kuzatish bo‘limi bosh mutaxassisi),
Abror Rahmonqulov (1980 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, “Zenatkor Sayhan Kon Sanoat” MCHJ direktori),
Adham Rahmonqulov (1978 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, “Zenatkor temir beton buyumlari” MCHJ direktori),
Z. Xayrullayev (1984 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi bosh muhandisi) va
O. Qulmatov (1974 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Jizzax viloyat xududiy boshqarmasining Tovar va moliya bozorlarni tahlil qilish, ustun mavqeni suiste’mol qilish, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi S. Ashirmatov raisligida ko‘rib chiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra:
Akrom Rahmonkulov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 205-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 207-moddasi 1-qismi, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdorida ya’ni, 111 500 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Akbar Rahmonkulov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 192-11-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 228-moddasi 3-qismi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravari miqdorida ya’ni, 100 350 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Alisher Rahmonqulov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 192-11-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 228-moddasi 3-qismi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravari miqdorida ya’ni, 100 350 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
G‘. Rahmatov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 205-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 207-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari miqdorida ya’ni, 89 200 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
B. Meliyev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 205-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari miqdorida ya’ni, 89 200 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
J. Hamrayev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 192-11-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 228-moddasi 3-qismi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravari miqdorida ya’ni, 100 350 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Sh. Baxriddinov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 192-11-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 228-moddasi 3-qismi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravari miqdorida ya’ni 100 350 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
I. Toshpo‘latov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi 192-11-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 228-moddasi 3-qismi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravari miqdorida ya’ni, 100 350 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Sh. Azimov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 205-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari miqdorida ya’ni, 89 200 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
A. Meliboyev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 192-11-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 228-moddasi 3-qismi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravari miqdorida ya’ni, 100 350 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Q. Muqumov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 192-11-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 350 baravari miqdorida ya’ni, 78 050 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
M. Sultanov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 205-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 350 baravari miqdorida ya’ni, 78 050 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
A. Mahmudov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 350 baravari miqdorida, ya’ni 78 050 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Ya. Buronov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 205-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 350 baravari miqdorida ya’ni, 78 050 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
G‘. Sheraliyev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravari miqdorida ya’ni, 71 360 000 so‘m jarima jazosi hamda oylik ish haqidan 20 % davlat daromadiga undirilgani holda 2 il 8 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
A. Husniddinov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravari miqdorida ya’ni, 71 360 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Sh. Kazakov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravari miqdorida ya’ni, 71 360 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
M. Muhiddinov Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi va 192-11-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 310 baravari miqdorida ya’ni, 69 130 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
T. Mansurov Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi va 192-11-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravari miqdorida ya’ni, 71 360 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
M. Mansurov Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi va 192-11-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravari miqdorida ya’ni, 71 360 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
O. Jo‘raboyev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 192-11-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 310 baravari miqdorida, ya’ni 69 130 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
N. Adilov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravari miqdorida ya’ni, 71 360 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
A. Rajabov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravari miqdorida ya’ni, 71 360 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Abror Rahmonqulov Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 192-11-moddasi 2-qismi “a”, "b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravari miqdorida ya’ni, 100 350 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Adham Raxmonqulov Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 192-11-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravari miqdorida ya’ni, 100 350 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Z. Xayrullayev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 205-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 350 baravari miqdorida ya’ni, 78 050 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
O. Qulmatov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 205-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari miqdorida ya’ni, 89 200 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Ushbu hukm ustidan sudlanuvchilar, ularning himoyachilari va boshqa taraflar apellyatsiya tartibida shikoyat berishga, prokuror va uning o‘rinbosari esa, protest bildirishga haqlidir.
Apellyatsiya shikoyati va protestlari Jinoyat-protsessual kodeksining talablari asosida belgilangan tartib va muddatlarda Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga Toshkent viloyat sudi orqali berilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 yanvar kuni “Barakali qorako‘l chorvador” fermer xo‘jaligi tomonidan Jizzax shahrining “Zilol” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli bino oxiriga yetmay qulab tushgandi. Hodisa Prezident Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga tashrifi oldidan sodir bo‘lgandi.
Prezident ushbu holatga munosabat bildirib, Akrom Rahmonqulovni “prezident siyosatiga xiyonat qilgan”ligini aytgandi.
Bino qulashi ortidan viloyat hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Akrom Rahmonqulov lavozimidan ozod etilib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.
Mamlakat Bosh prokuroriga ko‘ra, Akrom Rahmonqulov 2018 yilda lavozimga tayinlangach, uyushgan jinoiy guruh tuzib, qariyb 20 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgan.
LiveBarchasi