Prezident xavfsizlik xizmati xodimlari ish haqining bir qismini xayriya qildilar
Jamiyat
−
31 mart 2020
14793O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ixtiyoriy ravishda o‘zlarining bir kunlik ish haqlarini “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazdi.
Bugungi kunda butun dunyo hamjamiyati koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida muhim choralar ko‘rmoqda. Ayni paytda O‘zbekistondagi barcha soha vakillari mazkur pandemiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etmoqda, ayniqsa, xalqimizga xos bo‘lgan mehr-muruvvat, saxovat kabi xislatlar yanada ko‘proq namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ixtiyoriy ravishda o‘z ish haqlarining bir qismini “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga beg‘araz yordam tariqasida o‘tkazib berdi.
Bungacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari, Bosh prokuratura xodimlari ish haqlarining bir qismini ushbu fondga o‘tkazgan edilar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirga kelib ushbu virusni yuqtirib olganlar 150 kishini tashkil etmoqda. Kasallanganlardan ikki nafari vafot etdi, 7 kishi sog‘ayib, oilasi bag‘riga qaytdi.
LiveBarchasi