Prezident Xalq ta’limi vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinladi

Jamiyat

image

Kecha, 12 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosarini tayinlash bo‘yicha qaror imzoladi.

Prezident qaroriga ko‘ra, Usmon Ulfatovich Sharifxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Yangi lavozimga tayinlanishi munosabati bilan Usmon Sharifxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ta’lim sho‘basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida Alisher Umarov faoliyat yuritgan edi. Joriy yilning fevral oyida Alisher Umarov Toshkent davlat pedagogika universitetining rektori etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing