Prezident Xalq maslahati kengashini ochdi va mamlakatdagi muammolar haqida gapirdi
Olam
−
25 sentabr 2019 7413 1 daqiqa
Bugun, 25 sentyabr kuni Ashxabodda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov raisligida Turkmaniston Xalq Maslahati yig‘ilishi ochildi. Bu haqda "Xronika Turkmenistana" xabar bermoqda.
Davlat rahbari o‘z chiqishida investitsiyalar iqtisodiy rivojlanishning asosiy vositasi ekanini ta’kidladi. Prezident Ashxabod shahri va yangi Axal viloyatining yangi markazi qurilishining boshlanganini ham esladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda yangi zavodlar barpo etiladi.
Qishloq xo‘jaligi mavzusiga murojaat qilgan Berdimuhamedov forum ishtirokchilarining e’tiborini qishloq xo‘jaligini tubdan isloh qilish va agrar sektorni boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratdi.
Shuningdek, Prezident agrobiznes mavzusiga ham to‘xtaldi. Berdimuhamedov "qishloq xo‘jaligida erishilgan natijalar kutilgan darajada bo‘lmayapti" deb ta’kidladi va ushbu sohani isloh qilishni taklif qildi.
Ma’lumot uchun,Turkmaniston Xalq Maslahati (Xalq Kengashi) 2018 yilda qayta tashkil etilgan. Bungacha shunga o‘xshash bir tuzilma Oqsoqollar kengashi deb nomlangan. Xalq maslahati kengashining birinchi yig‘ilishida Davlat rahbari 2019 yil 1 yanvardan boshlab bepul kommunal xizmatlarni bekor qilgandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28