Prezident qarori loyihasi eksperimentdan o‘tkaziladi  

Jamiyat

image

Davlat mulki ob’ektlarini sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi . Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki ob’ektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 16 iyundagi PQ-3067-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar qarori loyihasida keltirib o‘tilgan.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tuman (shahar) hokimlariga o‘zlarining bo‘ysunuvidagi hududda joylashgan umumiy egallagan maydoni 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarni ob’ektlar ularni baholamasdan, 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda "E-IJRO AUKSION" elektron savdo maydonchasida auksionga chiqarish orqali investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda o‘rnatilgan tartibda sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqini berish orqali davlat mulki ob’ektlarini sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha eksperiment (keyingi o‘rinlarda — eksperiment) o‘tkazish haqidagi takliflari ma’qullanadi .

Belgilanishicha, davlat mulki ob’ektlarini sotish bo‘yicha tushgan takliflar va buyurtmanomalar tegishli ravishda tuman (shahar) hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari, turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari boshqaradigan hamda tarkibiga tuman (shahar) moliya, iqtisodiyot, qurilish, savdo-sanoat palatasi bo‘limlari, yer tuzish ko‘chmas mulk kadastri korxonalari va tuman (shahar) Davlat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi rahbarlari kiradigan tanlov komissiyalari (tuman tanlov komissiyasi) tomonidan ko‘rib chiqiladi;

tuman tanlov komissiyalari o‘z faoliyatini Hududiy tanlov komissiyalari tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan reglamentga muvofiq amalga oshiradi;

tuman (shahar) hokimlarining bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarni sotish to‘g‘risidagi qarorlari hamda ushbu qarorlarga asosan sotilishi belgilangan ob’ektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ob’ektlarni belgilangan tartibda elektron auksion savdolariga chiqarish uchun bir kunlik muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalariga taqdim etiladi;

Eksperiment 2020 yilning 1 iyuliga qadar o‘tkaziladi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Prezident qarori loyihasi

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing