Prezident qarori bilan “Yergeodezkadastr” qo‘mitasiga yangi vazifalar topshirildi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi:

Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda 2019 yil 1 avgustga qadar Toshkent shahri bo‘yicha, 2019 yil 1 dekabrga qadar muddatda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha mulkdorlar – jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya ma’lumotlari (JSH SHIM) va mulkdorlar – yuridik shaxslarning identifikatsiya raqamlari (INN) Reyestrga kiritilishini;

Adliya vazirligi va tijorat banklari bilan birgalikda mavjud axborot tizimlariga zarur o‘zgartirishlar kiritilishini hamda Reyestrning mavjud ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvini;

Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda, shu jumladan, malaka shahodatnomasini berish, kadastr munosabatlari sohasidagi kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi bo‘yicha o‘qitish mexanizmini, shuningdek, kadastr muhandislari faoliyatini baholash va monitoring qilish mezonlarini nazarda tutuvchi kadastr muhandisi faoliyati bilan shug‘ullanish tartibi ishlab chiqilishini;

kadastr muhandislari faoliyati monitoringi natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kadastr muhandisi institutini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritilishini ta’minlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror mulk

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing