Prezident qarori bilan kartoshkachilik sohasiga qator imtiyozlar berildi
Jamiyat
−
07 may 2020
7079O‘zbekistonda kartoshkachilikka ixtisoslashtiriladigan tumanlarda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi. Bu haqda “Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug‘chiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarorida so‘z boradi.
Ushbu klasterlar va kooperatsiyalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yaxlit maydonlarda iste’mol va urug‘lik kartoshka yetishtirish hamda sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish belgilangan.
Qaror bilan iste’mol va urug‘lik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar hamda hududlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Hujjatga muvofiq, 2020 yil 1 maydan boshlab kartoshka yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari, shuningdek, kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalarining urug‘lik kartoshka xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ularga 12 oy muddatgacha tijorat kreditlari ajratiladi.
Bundan tashqari, 2023 yil 1 iyulgacha bo‘lgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urug‘lik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Burchmullo” davlat o‘rmon xo‘jaligining “Piskom” massivi hududidagi bo‘sh turgan yer maydonlarida yuqori avlodli urug‘lik kartoshka yetishtirishni yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida 2020 yil 1 noyabrga qadar hududlarda “in vitro” laboratoriyalari tashkil etiladi.
LiveBarchasi