Prezident Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrifi avvalida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 1 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilgan. Dastlab, Qur’oni Karim oyatlari tilovat etilgan. 

“Allohdan yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz manfaati yo‘lidagi sa’y-harakatlarga xayru baraka tilab duo qilindi”, deyiladi xabarda.

Shundan so‘ng, davlat rahbari maqbara majmuasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini, bo‘lajak pardozlash namunalarini ko‘zdan kechirgan. 

Eslatib o‘tamiz, bugun Fransiya Prezidenti Emmanuyel Makron Qozog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Kechki soatlarda Makron Samarqandga yetib kelishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing