Prezident ikki muammoni birdan hal qilish yo‘lini aytdi
Jamiyat
−
20 iyul 2020
18931Toshkent viloyati tez tibbiy yordam xizmati uchun jami 100 ta Damas ambulans mashinasi ajratildi, shulardan 25 tasi joylarga tarqatildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tildi.
Yig‘ilishda davlat rahbari ham ishsiz qolgan haydovchilarni, ham tez tibbiy yordam xizmatini malakali haydovchilar bilan ta’minlash yo‘lini aytib o‘tdi.
Prezident yangi xarid qilinayotgan tez tibbiy yordam avtomobillari faoliyati uzluksizligini ta’minlash maqsadida iqtisodiyotning turli sohalaridan, birinchi navbatda, faoliyati to‘xtatilishi oqibatida daromadsiz qolgan yo‘lovchi tashuvchi jamoat transporti uyushmalarining malakali haydovchilarini jalb etishg ko‘rsatma berdi.
Shu bilan birga, yig‘ilishda shahar va tuman xokimlari 24 soat davomida har bir shifoxonadagi vaziyatni jilovlab turishga mas’ul hisoblanishi hamda ularni uzluksiz va muammosiz ishlashiga sharoit yaratib berishiga javobgar ekani belgilandi.
Barcha sektor rahbarlari ish kunini ertalabdan o‘z hududlarida kasalxonalardagi ahvolni o‘rganish bilan boshlashi qat’iyan belgilandi.
“Har bir rahbar bugungi kunda fuqarolarimizning sog‘ligini saqlab qolishdan muhim vazifasi yo‘qligini anglashi shart”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
LiveBarchasi