1 apreldan IIV xodimlarining maoshi oshiriladi – Prezident farmoni

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, barcha ichki ishlar xodimlari maoshi 30 foizga, mahallada xizmat o‘tovchilarniki esa 60 foizga oshirilishi haqida xabar bergandik.

O‘zbekiston Prezidentining "Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni bilan ichki ishlar organlari xodimlarining oylik maoshlari 3 bosqichda oshirilishi ma’lum qilindi.

  • 1-bosqich: joriy yil 1 apreldan;
  • 2-bosqich: joriy yil 1 sentyabrdan;
  • 3-bosqich: 2022 yildan boshlab.

Farmonga muvofiq uchinchi bosqich yakuniga ko‘ra, jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi xodimlar, jumladan profilaktika inspektorlarining bir oylik maoshlari qariyb 10 million so‘mni tashkil qilishi mumkin.

Farmonga ko‘ra, ichki ishlar organlari tayanch punktlari tugatilib, ularning negizida mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati bosqichma-bosqich tashkil qilinadi.

Avvalroq, 1 apreddan xalq ta’limi tizimidagi ba’zi xodimlarning maoshi oshirilishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

IIV farmon

Baholaganlar

1876

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing