Tinch okeanida ulkan “suzuvchi orol” paydo bo‘ldi

Olam

Joriy yilning 7 avgust kuni Tinch okeanida suv ostidagi vulqon otilishi natijasida ulkan suzuvchi qotishma qatlami vujudga keldi. Bu haqda 16 avgust kuni avtraliyalik juftlik Maykl Xoult va Larissa Brill ma’lum qilgan.

Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlariga qaraganda qulqondan otilib okean sathiga yoyilib ketgan pemza qotishmasi 150 km kv maydonni egallagan. Bu 20 mingta futbol maydoniga teng.

Hozirda bu "suzuvchi orol" Fiji orollari va Avstraliyaga tomon harakatlanmoqda. Taxmin qilinishicha orol shu yo‘nalishda harakat qilsa “Buyuk To‘siq qoyalar” (The Great Barrier Reef) deb nomlangan ulkan marjon qoyalar tizimi bilan to‘qnashadi. Ta’kidlanishicha, bu okean va marjon qoyalar eko tizimi uchun ancha foydali bo‘ladi.

Mutaxasislarning fikricha bu kabi suzuvchi qotishma qatlamni 5 yilda bir ko‘rish mumkin va bu suvdagi organizmlar yashashi uchun uy, qulay sharoit yaratib beradi.

Ma’lumot o‘rnida pemza vulqon jinsi magmaning tezda sovub qotishi jarayonida hosil bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya Tinch okeani

Baholaganlar

135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing