Prezident Farg‘onada kutilmaganda mahallalardan biriga bordi (video)

Jamiyat

Xalq deputatlari sessiyasidan so‘ng Prezident kutilmaganda Farg‘ona shahridagi Shodiyona mahallasiga bordi. Mahalla oralab yurib, aholi bilan uchrashdi.

"Bugun viloyatga yangi hokim qo‘ydik. Hozir vodiy ichida Farg‘ona viloyatini yangi tizimga o‘tkazish, "mahallabay" ishlash, odamlarning og‘irini yengil qilish bo‘yicha ko‘p choralar ko‘ryapmiz. Shuning uchun «Shodiyona» mahallasini ham o‘zim aylanib kelay deb, sizlarni ko‘rgani keldim. Yurtimizga ko‘z tegmasin, og‘ir kasallar bo‘lmasin. Odamlarni yo‘qotmaslik, kasallikning oldini olish bo‘yicha qo‘limizdan kelgancha harakat qilyapmiz. Hammasini sizlarning tinchliklaringizni o‘ylab qilyapmiz. Mening eng katta maqsadim - xalqimizning og‘irini yengil qilish. Sal bo‘lsa ham qiynalmasin, deb harakat qilyapmiz", dedi Shavkat Mirziyoyev ayollar bilan suhbatda.

Onaxonlardan biri ertaga o‘g‘lining to‘yi bo‘lishini aytdi. Prezident ularni tabriklab, yosh oilaga baxt, sog‘lik tiladi.

Kutilmagan tashrifdan xursand bo‘lgan odamlar davlat rahbariga sihat-salomatlik, xalqqa tinchlik-farovonlik tilab duolar qildi.

Sohibqiron Temur ko‘chasi bo‘ylab yurilib, uy-joylar, savdo shoxobchalari ko‘zdan kechirildi.

Shavkat Mirziyoyev mahalla idorasiga kirib, mahalla raisi va maslahatchilar bilan suhbatlashdi. Aholining yashash sharoitlari, hududdagi muammolarni so‘radi. Ularni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Farg'onaga tashrif

Baholaganlar

361

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing