Prezident Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ini ishdan oldi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida Qoraqalpog‘iston rahbariyati, barcha viloyat va tumanlar hokimlari ishtirokidagi yig‘ilish o‘tkazayotgani haqida xabar bergan edik. Yig‘ilishda davlat rahbari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Muhiddin Jo‘rayevni lavozimidan ozod etdi.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda  viloyatda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish masalasiga alohida to‘xtalib, bu boradagi ishlar ahvoli qoniqarsizligini tanqid qilgan.

Faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklar uchun Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i  Muhiddin Jo‘rayev lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hududida ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun Farg‘ona viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A. O‘rinboyev, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Tillavoldiyev, Rishton tumani hokimi S. Soliyev, Marg‘ilon shahar hokimi A. Ziyovutdinov va soliq boshlig‘i T. Husanov egallab turgan lavozimidan ozod qilin edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Muhiddin Jo'raev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing