Prezident dunyoda kuchayayotgan terrorizm xavfidan xavotir bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 2 mart kuni Ozarbayjonning Baku shahrida bo‘lib o‘tgan Qo‘shilmaslik harakati sammitidagi nutqida pandemiyadan keyingi davrda geosiyosiy va mafkuraviy ziddiyatlar kuchayib, ularning ta’sirida jahonning turli nuqtalarida yangi notinchlik o‘choqlari paydo bo‘layotgani haqida gapirdi. 

“Yaqin Sharq mintaqasi va Afg‘onistonda uzoq vaqtdan buyon saqlanib qolayotgan nizolarning global yechimi hanuzgacha topilgani yo‘q”, deydi O‘zbekiston yetakchisi.

Shuningdek, Mirziyoyev keyingi paytlarda barcha davlatlarda o‘sib borayotgan terrorizm va ekstremizmning xavf-xatariga qarshi Qo‘shilmaslik harakati doirasida amaliy aloqalarni kuchaytirish tobora dolzarb tus olayotganini alohida ta’kidladi.

Shuni hisobga olib, Qo‘shilmaslik harakati terrorizmning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashning xalqaro-huquqiy bazasini mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlarga yetakchilik qilishi lozimligi qayd etdi. Bu Harakatga a’zo barcha davlatlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida ko‘p tomonlama hamkorligini yanada faollashtirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston yetakchisi bu muammolarni xalqaro miqyosda samarali hal etish va tizimli muvofiqlashtirishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmalari albatta asosiy rolni bajarishi lozimligi ko‘rsatib o‘tgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotini isloh qilish jarayonida Xavfsizlik kengashi tarkibida Qo‘shilmaslik harakati a’zolarining doimiy o‘rni bo‘lishi kerakligi ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon Qo'shilmaslik harakati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing