Prezident DXXga lavozimidan ozod etilganlarni tekshirishni buyurdi

Jamiyat

image

Bugun, 16 yanvar kuni Prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda lavozimidan ozod etilganlar faoliyatini Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura tekshiradi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qilgan. 

Ushbu yig‘ilishda:

•    Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev;

•    Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev; 

•    "Issiqlik elektr stansiyalari" aksiyadorlik jamiyati raisi Farhod Abdurahmonov;

•    "Hududiy elektr tarmoqlari" rahbari Ulug‘bek Mustafoyev (vazifasini bajaruvchi lavozimida 3 oy sinov muddati);

•    "O‘ztransgaz" rahbari Behzod Normatov (vazifasini bajaruvchi lavozimida 3 oy sinov muddati);

•    "O‘zbekneftgaz" rahbari Mehriddin Abdullayev (vazifasini bajaruvchi lavozimida 3 oy sinov muddati) lavozimidan ozod etildi. 

“Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuraturaga bugun lavozimidan ozod etilgan mutasaddilarning faoliyatini o‘rganish va qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda, qat’iy javobgarlikka tortish topshirildi”, deb xabar berdi Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Eslatib o‘tamiz, yig‘ilishda DXX va Bosh prokuraturaga energetika tizimidagi korrupsiyani yo‘q qilish bo‘yicha alohida choralar ko‘rish topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev Energetikadagi inqiroz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing