“Do‘st og‘ir kunda bilinadi” – Sirdaryoga butun O‘zbekiston yordam qo‘lini cho‘zmoqda (fotoreportaj)
Jamiyat
−
02 may 2020
10472Kecha, 1 may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv omborining devoridan suv chiqishi oqibatida ko‘plab aholi yashash punktlariga suv toshqini yopirilib bordi. Oqibatda odamlar evakuatsiya qilindi. Maktab, kollej va turli muassasalarga joylashtirildi. Saxovatpesha odamlar ularga o‘z uylaridan joy berdi.
Ushbu tabiiy ofatga O‘zbekistonning turli viloyatlari tezkorlik bilan reaksiya bildirdi. Insonparvarlik yordami ortilgan yuk mashinalari karvoni Sirdaryo xalqiga ko‘mak berish maqsadida yo‘lga chiqdi.
Kechaning o‘zidayoq Qashqadaryo viloyati aholisi tomonidan Sirdaryo viloyatiga insonparvarlik yordami yo‘lga chiqdi. Tabiiy ofatdan jabrlanganlarga 15 tonna un, 1 tonna yog‘, 500 kg shakar, 500 kg guruch, 500 kg makaron, 1500 tonna tushenka (dimlangan konserva go‘sht mahsulotlari), 1500 kg bolalar pyuresi (kasha), 750 kg qandolat mahsulotlari yuborildi.
Bundan tashqari, Buxoro viloyat hokimligi tomonidan Sirdaryoda suv toshqinidan zarar ko‘rganlarga 20 tonna un, 10 tonna o‘simlik yog‘i, 10 tonna oziq-ovqat mahsulotlari va 300 ta ko‘rpa-to‘shak jamlanmasidan iborat insonparvarlik yordami yuborildi.
Shuningdek, Samarqand viloyati aholisidan ham Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga dastlabki insonparvarlik yordami yuborildi.
Shu bilan birga, Andijon viloyati hokimligi tomonidan Sirdaryo viloyatiga 5 tonna un, 500 kg yog‘, 600 kg go‘sht, 3 tonna kartoshka, 2 tonna guruch va 2 tonna makaron bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlar to‘plami hamda 35 mingta tibbiy niqob, 10 ming dona bir martalik idishlar, 145 mingdan ziyod kiyim-kechak mahsulotlari yuborildi.
Respublikaning boshqa viloyatlaridan ham suv toshqinidan zarar ko‘rgan sirdaryoliklarga insonparvarlik yordami yuborilishi davom etmoqda.
LiveBarchasi