Toshkentda avtobuslar harakati kamaytiriladi

Jamiyat

image
Koronavirus xavfi: Jamoat transportida naqd pulsiz to‘lov qilish tavsiya etildi north_east

Koronavirus xavfi: Jamoat transportida naqd pulsiz to‘lov qilish tavsiya etildi

Toshkent shahrida yo‘lovchi oqimi keskin pasayishi oqibatida avtobuslar harakati kamaytiriladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, avtobuslar harakat jadvaliga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritilgan.

Joriy yilning 19 martidan boshlab yo‘lovchi oqimi keskin kamaygan vaqtlar –  soat 10:00 dan 16:00 ga qadar avtobuslar harakati oraliq intervallari uzaytirilmoqda.  Bundan maqsad transport vositalaridan samarali foydalanish ekanligi qayd etilgan.

Ayni kunda O‘zbekistonda karantin e’lon qilingan bo‘lib, virusning keng tarqalmasligi uchun barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Toshkent shahriga kelib ishlayotgan, ta’lim olayotgan mehmonlarning poytaxtda bo‘lishlari vaqtincha cheklanmoqda. 

Aytilishicha, jamoat transportida yo‘lovchi oqimining keskin qisqarishi natijasida tig‘iz vaqtlardan tashqari avtobuslarning yo‘nalishlarda yo‘lovchisiz harakatlanishi ham kuzatilayotgan. Bu transport vositalarining sababsiz yemirilishiga, yoqilg‘i-moylash mahsulotlarining samarasiz sarflanishiga sabab bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtobus

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing