Prezident byudjet taqchilligini qisqartirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Jamiyat

image
Prezident tadbirkorlik masalasida yig‘ilish o‘tkazdi. Hokimlar ishi tanqid qilindi north_east

Prezident tadbirkorlik masalasida yig‘ilish o‘tkazdi. Hokimlar ishi tanqid qilindi

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilishda bu yil kutilayotgan byudjet taqchilligini imkon qadar qisqartirish uchun qo‘shimcha tushumlarni ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi. Hududlarning soliq salohiyatini tahlil qilib, qo‘shimcha daromadlarni aniqlash, byudjet tashkilotlarining pullik xizmatlardan daromadlarini ko‘paytirish va bino-inshootlaridan samarali foydalanish muhimligi qayd etildi.

Oxirgi 4 yilda biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar natijasida ko‘plab kichik korxonalar faoliyati kengaygan. Davlatimiz rahbari bunday intilishlarni rag‘batlantirish, korxonalarni yiriklashishga undaydigan qulay muhit yaratish zarurligini ta’kidladi.

Shu maqsadda, tadbirkorlik sub’ektlariga berilayotgan imtiyozlarni tabaqalashtirish kerak. O‘rta biznes toifasiga kirishi mumkin bo‘lgan korxonani aniqlab, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan maqsadli mablag‘lar ajratish, mahsulotini sertifikatlash, ilm va innovatsiya xarajatlarini qisman qoplab berish kabi choralar orqali ularga ko‘maklashish muhimligi aytildi.

Videoselektor yig‘ilishida so‘zga chiqqan hokimlar tadbirkorlikni rivojlantirish, qo‘shimcha zaxiralarni ishga solishga doir rejalarini bayon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev byudjet taqchilligi

Baholaganlar

171

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing