Prezident bo‘lmaganimda KXDR bilan urush bo‘lardi – Tramp
Olam
−
19 aprel 2020 10736 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Indan yaxshi maktub olganini aytdi. Shu bilan birga agar u davlat rahbari bo‘lmaganida KXDR bilan Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida allaqachon urush boshlanishiga sha’ma qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
“Men Kim Chen Indan yaxshi maktub oldim. <...> Agar men Prezident bo‘lmaganimda AQSH KXDRga qarshi urush e’lon qilgan bo‘lar edi”, dedi Tramp o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Shuningdek, u Shimoliy Koreya rahbari bilan “til topishayotganini” aytib o‘tdi va bunga rozi bo‘lmayotganlar “hayot qanday ishlashini tushunmasliklarini” qo‘shimcha qildi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr