Prezident bugun Jizzaxga boradi
Jamiyat
−
02 dekabr 3920 1 daqiqa
Bugun, 2 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga boradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Davlat rahbari yo‘l-transport infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot va xizmatlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi hamda Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, 25 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga borgandi. Urgut tumanida uning ishtirokida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi va unda bir yildan beri Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Adiz Boboyev viloyat hokimi etib tasdiqlandi.
Live
Barchasi