Prezident bugun Sergeli metrosini ochib beradi

Jamiyat

image

Bugun, 26 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishini ochib beradi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Sergeli tumanida qurilayotgan yer ustki metrosida temir-beton konstruksiya ishlari joriy yilning sentyabr oyida 100 foiz yakunlangandi.

Tumandagi yangi yer ustki metro liniyasi uzunligi 6,9 kmdan iborat. U o‘z ichiga “Choshtepa”, “Toshkent xalqa yo‘li”, “Sergeli”, “Afrosiyob”, “Qipchoq” bekatlaridan jamlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yo‘nalish bir kunda 35 ming yo‘lovchiga xizmat qiladi.

Joriy yilning 26 noyabr kuni Toshkent metropoliteni Chilonzor yo‘nalishining Olmazor bekatidan yangi qurilgan Sergeli metro liniyasining so‘nggi bekatigacha test rejimida poyezd harakati amalga oshirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 avgustida Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida yana 2 ta bekat hamda yerusti aylana liniyasining bir qismi ishga tushirildi. Yunusobod yo‘nalishida “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari yo‘lovchi tashishni boshlagan bo‘lsa, O‘zbekistondagi ilk yerusti metro yo‘li “Do‘stlik-2” bekatidan “Qo‘yliq” bekatigacha salkam 12 kilometr masofada ish boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev metro

Baholaganlar

255

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing