Prezident bug‘doyni birjada sotishda hokimlar qanday vazifa bajarishini aytdi

Jamiyat

image
Bu savolga birorta hokimda ijobiy javob yo‘q – Prezident north_east

Bu savolga birorta hokimda ijobiy javob yo‘q – Prezident

Fermer va klasterlar yetishtirgan bug‘doyini birjaga chiqarishi uchun hokimlar nima qilishi kerakligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda bugun, 17 may kuni Prezident raisligida o‘tkazilayotgan tovar-xomashyo birjasida savdolarni ko‘paytirish, mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish bo‘yicha yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Yangi tizim bo‘yicha:

•    tuman hokimi g‘alla yetishtiruvchi fermer va klasterlar kesimida bug‘doyni birjaga olib chiqish oyma-oy rejasini ishlab chiqadi;

•    tuman hokimi va Savdo-sanoat palatasining tuman bo‘limi ushbu fermer va klasterlarni birjada ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkillashtiradi;

•    tadbirkorga qulay bo‘lishi uchun Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limida birja savdo maydonchasi tashkil etiladi;

•    ushbu savdo maydonchasida tadbirkor, fermer va klasterlarga birja hujjatlarini rasmiylashtirishga ko‘maklashiladi;

•    ular shu joyning o‘zida birja savdolarida ishtirok etishga o‘qitiladi;

•    fermerlarga bug‘doyni birjaga qo‘yganda garov talab etilmaydi.

Birja savdosi bo‘yicha tadbirkor va fermerlar uchun sodda va lo‘nda metodika ishlab chiqiladi.

Sotilgan mahsulotga birja tomonidan bir kunda to‘lov amalga oshiriladi. Bunda fermerga to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq kelib tushishini birja kafolatlaydi.

“Bu yangi tizim fermer va klasterlarga maktab, hokimlarga esa sinov bo‘ladi”, deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

245

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing