Prezident bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi
Jamiyat
−
14 yanvar 2022
8806O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mas’ul mansabdorlarga bozorlar to‘kinligi va narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Bu haqda Prezident Xavfsizlik kengashining kecha, 13 yanvar kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishida gapirgan.
Unga ko‘ra, yig‘ilishda davlat rahbari aholi murojaatlarini ijobiy hal etish, joylarda ijtimoiy, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, bozorlar to‘kinligi va narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar bergan.
“Xalqimizning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini saqlash bugun ham, kelajakda ham eng ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi. Chunki faqatgina tinchlik-osoyishtalik mamlakatimizning har tomonlama rivojlanishining asosiy kafolatidir. Yangi – 2022 yil hamma sohada, jumladan, Qurolli Kuchlar tizimida ham hal qiluvchi yil bo‘lishi shart”, deydi Prezident.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Mirziyoyev ushbu yig‘ilishda Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarga ham munosabat bildirgan edi.
LiveBarchasi