Prezident Boysunda oqsoqollar bilan suhbatlashdi
Jamiyat
−
30 aprel 2019
5337Bugun, 30 aprl kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi davomida Boysun tumanida keksa avlod vakillari, tuman faxriylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Samimiy suhbatda O‘zbekiston, jumladan, Surxondaryo viloyati va Boysun tumanini yanada rivojlantirishga investitsiyalar jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, hududdagi muhim ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar haqida so‘z bordi.
Shuningdek, o‘zbek xalqi turmush darajasini oshirish va yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Iqtisodiyotni rivojlantirish barobarida ma’naviyat va madaniyat sohalariga e’tiborni kuchaytirish, baxshichilikni yanada keng targ‘ib etish lozimligi ta’kidlandi.