Prezident Bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini ko‘rsatdi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini ko‘rsatdi. Bu haqda u bugun, 20 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida so‘z ochdi.

Abdulla Aripov katta tashkilotchilik salohiyatiga ega bo‘lgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, mas’uliyatni doimo chuqur his etadigan rahbar ekani ta’kidlandi.

Ushbu nomzod bugun hukumat oldiga qo‘yilgan, ko‘lami va miqyosi benihoya katta bo‘lgan muhim vazifalarni hal etishda Vazirlar Mahkamasi faoliyatini samarali tashkil qilishi, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlarini birlashtirib, yagona maqsad sari safarbar eta olishiga ishonch bildirildi.

Prezident Abdulla Aripov nomzodini deputatlar muhokamasiga taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, Abdulla Aripov nomzodi o‘tgan 8 yil davomida uchinchi marta Bosh vazir lavozimiga qayta ko‘rsatildi. 2016 yil 13 dekabrda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan Bosh vazirlik lavozimiga uning nomzodi ko‘rsatilgan. 14 dekabrda esa ushbu lavozimga tasdiqlangan. 2020 yil yanvar oyida esa u Bosh vazir lavozimiga qaytadan tasdiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing