Prezident Bosh vazir Aripovga yangi vakolat berdi

Jamiyat

image

Endilikda viloyat kadastr boshlig‘ini ishga qo‘yish va ishdan olish Bosh vazir tomonidan amalga oshiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yer resurslaridan oqilona foydalanish va yer hisobini yuritish masalalari yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda shuningdek, Kadastr agentligiga 2024 yil 1 martga qadar barcha sanoat yerlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, viloyat hokimlariga esa 2021 yilgacha ajratilib, qurilish boshlanmagan 7 ming gektar yerni zaxiraga qaytarish topshirilgan.

Bu borada qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini ta’minlash vazifasi esa Bosh prokuratura zimmasiga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, majlisda toifasi o‘zgargan yerlar evaziga shu yilning oxirigacha 15 ming gektar yangi yerlar o‘zlashtirilishi topshirilgani, biroq 8 ming gektar yerlar haligacha o‘zlashtirilmagani tanqid qilingan. 

Yil yakunigacha yangi yerlarni o‘zlashtirish va’dasini bajarmagan hokimlar jarimaga tortilishi, ularning yer toifasini o‘zgartirish bo‘yicha takliflari umuman qabul qilinmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident ayrim hokimlar va vazirlarning yer resurslaridan foydalanish borasidagi ishlarini tanqid qilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Abdulla Aripov Bosh vazir kadastr boshlig'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing