Prezident boshchiligida maktab ta’limiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi

Jamiyat

image

Bugun, 28 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yangi o‘quv yili arafasida maktab ta’limidagi masalalarni muhokama qilish va ustuvor vazifalarni belgilab olish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan qisqa davrda yuzlab zamonaviy maktablar barpo etildi. Ilgari tajribada bo‘lmagan Prezident maktablari, ijod maktablari qurildi, ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytirildi. Yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratildi.

“Eng muhimi, maktablarimizda yangicha ruh, mazmun va muhit paydo bo‘ldi. Bunda, hech shubhasiz, bolalar qalbining me’mori, muhandisi bo‘lgan hurmatli o‘qituvchi va murabbiylar uchun erkin ishlash imkoniyatini yaratib berganimiz muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki o‘qituvchiga e’tibor – bu avvalo farzandlarimizga, ularning ta’lim-tarbiyasiga e’tibor, degani. O‘qituvchining obro‘si oshsa, maktabning obro‘si oshadi, ilmning, ta’lim-tarbiyaning qadri ko‘tariladi. Shu sababli, muallim va o‘quvchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratayapmiz”, dedi davlat rahbari yig‘ilish avvalida.

 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev maktab ta'limi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing