Prezident borsa, likillab boradi ko‘pi – Mirziyoyev Bosh vazir o‘rinbosarlari haqida

Jamiyat

image

Bugun, 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda. Murojaatnoma davomida Prezident Bosh vazir o‘rinbosarlarini keskin tanqid qildi.

Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir o‘rinbosarlarining har bir tuman hokimi o‘rinbosari nima ish qilayotganini bilshi, o‘rta bo‘g‘indagi odamlar bilan alohida shug‘ullanishi kerakligi haqida gapirdi. 

“Endi Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lib, chiroyli bo‘lib yuradigan zamon o‘tdi. Bosh vazir o‘rinbosari bo‘ldingmi, xalqimiz ishondimi, Prezident senga ishondimi, aravani tortgin. Tortolmasang, ket. Kabinetda o‘tiradigan zamon tugadi. Har bir vazirlikdagi vazir o‘rinbosari bilan o‘rta bo‘g‘indagi odamlarni har oyda besh kun o‘qitishi kerak. Bosh vazir o‘rinbosari har birini bilishi kerak. Qishloqda qaysi tuman hokimining o‘rinbosari nima qilyapti, kim bilishi kerak? Tarmoqning rahbari – shu Bosh vazir o‘rinbosari. Lekin, ming afsus, Prezident borsa, likillab boradi ko‘pi, qo‘pol bo‘lsa ham”, deydi Prezident.

Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, deputat va senatorlar o‘zlari saylangan hududdagi muammolar tegishli vazirliklar tomonidan qay darajada hal etilayotgani doimiy nazorat qilib borishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Murojaatnoma

Baholaganlar

875

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing