Prezident Bog‘iston ko‘chasidagi yangi uylarni ko‘zdan kechirdi
Jamiyat
−
10 may 2019
8372Bugun, 10 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Chilonzor tumani Bog‘iston ko‘chasida qurilgan yangi uylarni ko‘zdan kechirdi.
Bog‘iston ko‘chasida 9 qavatli 24 ta uy bunyod etilishi loyihalashtirilgan. Hozirda 10 ta uyda qurilish yakunlanib, ichki va tashqi pardozlash ishlari olib borilmoqda.
Davlat rahbariga uylarning qurilish texnologiyasi, sifati haqida ma’lumot berildi.
Uylar innovatsion usullar asosida qurilgan bo‘lib, devorlari qo‘shimcha materiallar bilan qoplangan. Bu issiqlikni saqlash, energiyani tejash imkonini beradi. Isitish va sovitish tizimi har bir xonadonda mustaqil boshqariladi.
Prezident bu uylarning sifati, energiyani tejashi xalqqa ma’qulligi, shu tajriba asosida mamlakatning boshqa hududlarida ham turar joylarni ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.
LiveBarchasi