Uzbekistan Airways koronavirus sabab parvozlar vaqtidagi qo‘l yuki miqdorini kamaytirdi

Jamiyat

image

Uzbekistan Airways koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy masofani saqlash muhimligi tufayli bagajlarni rasmiylashtirish tartibiga o‘zgartirish kiritdi.

“Ijtimoiy masofaga amal qilish maqsadida o‘rindiqqa joylashish vaqtini qisqartirish, shuningdek yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari o‘rtasidagi ortiqcha muloqotni cheklash uchun qo‘l yuklari tashuviga cheklovlar kiritildi. Endilikda, havo kemasi sahniga faqatgina parvoz vaqtida zarur bo‘luvchi ayollar sumkasi, portfel, noutbuk, bolalar ashyolai solingan sumkani olib kirish mumkin. Boshqa narsalar esa qatnovga ro‘yxatdan o‘tilayotgan vaqtda bagajga topshirilishi shart”, deyiladi kompaniya xabarida.

Qo‘shimcha qilinishicha, foydalanilmaydigan qo‘l yuki bepul tashish mumkin bo‘gan bagajga qo‘shiladi. Ya’ni, belgilangan 8 kg qo‘l yukidan faqatgina 2 kgni samolyot sahniga olib kirishingiz mumkin bo‘ladi. Qolgan 6 kg esa bagaj uchun ruxsat berilgan yuk miqdoriga bepul qo‘shiladi.


Maqola muallifi

Teglar

parvoz Uzbekiistan Airways bagaj

Baholaganlar

338

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing