Rossiyada parvoz uchun taqiqlangan hududlar soni 2 baravar ko‘payadi – OAV

Olam

image

Rossiya Transport vazirligi parvozlar uchun taqiqlangan hududlar ro‘yxatiga yonilg‘i-energetika va harbiy-sanoat majmuasi, shuningdek, transport infratuzilmasi ob’ektlari ustidagi hududlarni kiritish orqali uni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqdagi tegishli hujjat loyihasi bilan “Kommersant’” nashri tanishdi.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, “Taqiqlangan hududlarni belgilash to‘g‘risida”gi buyruqning yangi talqiniga mamlakat bo‘ylab 818 ta hudud, jumladan, Magadan viloyati va Yakutiya kiritilgan. Ro‘yxat FXX, FQX, Mudofaa vazirligi, Rosgvardiya, Sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi, “Rosatom”, “Roskosmos” va boshqa davlat kompaniyalarining tavsiyalari asosida tuzilgan. Shuningdek, hududiy hukumatlarning takliflari ham hisobga olingan. 

“Kommersant’”ning yozishicha, buyruqning amaldagi talqinida parvozlar uchun taqiqlangan hududlar soni ikki baravardan ham kamroq – 374 tani tashkil etadi. Transport vazirligidagi manbalar nashrga taqiq, jumladan, dronlarga ham tatbiq etilishini aniqlashtirgan. Mudofaa vazirligi havo kemalari va neft kompaniyalari manfaatlarini ifoda etuvchi bortlar bundan mustasno bo‘ladi.

Yangi qoidalar buyruq e’lon qilinganidan keyin kuchga kiradi va muddatsiz amal qiladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning iyun oyi boshida Moskva havo hududida kichik aviatsiya – 5100 metrgacha bo‘lgan balandlikdagi fuqarolik havo kemalarining parvozlari to‘liq taqiqlangan. Amalda bu taqiq butun Markaziy Rossiyaga: Belarus bilan chegaradan to Yekaterinburg va Samara hududlari chegarasigacha, shuningdek, Peterburg parvoz hududi chegarasidan to mojaro boshlanganidan beri parvozlar taqiqlangan janubdagi chegaragacha taalluqli bo‘ladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing