Prezident bir guruh ichki ishlar xodimlarini mukofotladi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2019
7006O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini takomillashtirish borasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, xizmat burchini bajarishda ko‘rsatgan mardlik va jasorati, shuningdek, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Karimov Muradjan Kabilovich - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining maslahatchisi
II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan
Bichenov Oleg Revazovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari
“Do‘stlik” ordeni bilan
Belova Marina Yevgenevna - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi bosh yuriskonsulti
Musayev Baxadir Yerkimbayevich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati bataloni komandiri
“Mardlik” ordeni bilan
Kadirberdiyev Abdumutalib Uralovich (marhum) - Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar ichki ishlar bo‘limi xodimi
Raxmanov Shavkat Navruzovich - Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
“Jasorat” medali bilan
Payzbekov Ramil Raximbayevich - Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi safdor xodimi
Uskembayev Medet Muxtarovich - Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi safdor xodimi
Xodjanazarov Sardor Mamashukurovich - Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi injeneri
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
Bakirov Erkin Bo‘ronovich - Jizzax viloyati G‘allaorol tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori
Gafurov Jaxangir Abduraximovich - Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimi
Ishmuxamedov Sagdulla Nigmatjanovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy gospitali yetakchi neyroxirurgi
Mullajanov Abdimajid Fayzulayevich - Toshkent shahar Olmazor tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
Muradova Zibo Yarkulovna - Navoiy viloyati Navoiy shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika katta inspektori
Najimov Bokibillo Xolmatjonovich - Andijon viloyati Shahrixon tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari
Eshimova O‘raltosh Jumayevna - Surxondaryo viloyati Sherobod tumani ichki ishlar bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika katta inspektori
“Shuhrat” medali bilan
Boboyev To‘lqin Muxtorovich - Buxoro viloyati Jondor tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori
Dusmurodov Shuhrat Xaydarovich - Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni bo‘linmasi komandiri
Kudaybergenov Muratbek Jiyenbekovich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori
Latipov Mansurbek Maxmudovich - Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori
Mustafaqulov Sherzod Shavkatovich - Jizzax viloyati Baxmal tumani ichki ishlar bo‘limi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish guruhi katta tezkor vakili
Sattorov Sherkuzi Sultonovich -
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i
Sotiboldiyev Nasimjon Gulmatovich -
Namangan viloyati Norin tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi boshlig‘i
Xaydarov Davron Baxtiyarovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i
Xodjabayeva Nargiza Isakovna - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti katta tergovchisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
Toshkent shahri, 2019 yil 24 oktyabr
LiveBarchasi