Prezident bir guruh fuqarolarni mukofotladi

Jamiyat

image

Bugun, 29 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh shaxslarni mukofotladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda millatlararo do‘stlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini asrash, milliy madaniyatlar, urf-odat va an’analarni rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari, shuningdek, turli sohalarda samarali mehnat qilib, mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarni mukofotlagan: 

“Do‘stlik” ordeni bilan

Allaberganov Bekman – Amudaryo tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Altunina Larisa Mixaylovna – O‘zbekiston rus milliy madaniy markazining Olmaliq shahar bo‘limi raisi, Toshkent viloyati

Bayjanov Yaxshibay Abadovich – “Tuyamo‘yin gidroelektrostansiyasi” unitar korxonasining turbina sexi elektrogaz payvandchisi, Xorazm viloyati

Balayeva Sevil Alislam qizi – Respublika Ozarbayjon milliy madaniy markazining Navoiy viloyati bo‘limi raisi

Dovgun Oksana Ivanovna – “Slavutich” Respublika ukrain milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari

Duras Eleni Anastasios – Toshkent shahar grek madaniyati jamiyati boshqaruv kengashi a’zosi

Yembergenova Gulnara Sabirbayevna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Orol oltin merosi” jamoat birlashmasi rahbari

Isxakov Abram Borisovich - Buxoro yahudiylari jamiyati raisi, Buxoro viloyati

Kapadze Taxir Vasilevich – Farg‘ona viloyati turk milliy madaniy markazi raisi

Karipova Raliya Talgatovna – Toshkent shahar boshqird milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi a’zosi

Kravchenya Gennadiy Nikolayevich – Termiz shahridagi “Geniy-Termiz” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Surxondaryo viloyati

Markaryan Garik Muradovich – Samarqand shahar “Luys” arman milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi a’zosi

Maxkamova Riskiniso Zoidovna – Chust tumanidagi “Andalus agro dunyo” fermer xo‘jaligi pillachisi, Namangan viloyati

Maxmudov Erkin Kasimovich – O‘zbekiston uyg‘ur milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari

Nazarova Bozor – Respublika tojik milliy madaniy markazining Jizzax viloyati bo‘limi a’zosi

Olloberdiyev Muqumboy Mavlonovich – Qashqadaryo viloyati arab milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi a’zosi

Razmadze Vladimir Georgiyevich – “Megobroba” Toshkent shahar gruzin madaniyat markazi boshqaruv kengashi a’zosi

Smesova Yekaterina Aleksandrovna – O‘zbekiston rus milliy madaniy markazining Andijon viloyati bo‘limi raisi o‘rinbosari

Topchiyev Jamolidin Sotiboldiyevich – Xonobod shahridagi “Xidirsha” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Andijon viloyati

Fazilova Klara Bayburiyevna – O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazining Sirdaryo viloyati bo‘limi raisi

Xan Margarita Lyurevna – O‘zbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining “Koryo” ansambli badiiy rahbari

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Kogay Marina Aleksandrovna – O‘zbekiston koreys milliy madaniy markazlari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi raisi

“Shuhrat” medali bilan

Daukayeva Ilvira Gamirovna – Bektemir tumanidagi 30-bolalar musiqa va san’at maktabining aktyorlik mahorati bo‘yicha o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Lopatin Sergey Mixaylovich – “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining asosiy ishlab chiqarish sexi mexanigi, Buxoro viloyati

Xutova Kulina Mudalifovna – Zafarobod tumanidagi “Chimqo‘rg‘on” qishloq fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar faoli, Jizzax viloyati

Ergasheva Maxbuba Xotambekovna – Samarqand davlat universitetining falsafa va milliy g‘oya kafedrasi dotsenti, Samarqand viloyati


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing