Prezident bir guruh ayollarni mukofotladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayol-qizlarni mukofotlash to‘g‘risida farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 

“Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, xususan, mo‘’tabar ayol zotiga har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarimizni munosib qadrlash maqsadida quyidagilar mukofotlansin", deyiladi farmonda.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan 

Ro‘ziyeva Nasiba Jumayevna    -Uchquduq tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Navoiy viloyati   

Xolmanova Zulxumor Turdiyevna    -    Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining til nazariyasi kafedrasi mudiri 

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan 

Adilova Matob Djabborovna    -    Kogon tumanidagi “Banoaz tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Buxoro viloyati 

Aitbayeva Ruzibika Amatovna    -    Beruniy tumanidagi “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Gulamova Dilbara Djurayevna    -    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Materialshunoslik instituti laboratoriya mudiri 

Davletova Nazira Xudayberganovna    -    Bog‘ot tumanidagi “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Xorazm viloyati 

Isakova Muhayyo Srajidinovna  - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti bosh ilmiy xodimi 

Karabayeva Oltinoy Ermuxammedovna  - “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining sex operatori, Toshkent viloyati 

Narzullayeva Adinaxon    -   Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti 

Noriyeva Sharofat Ergashevna    -    Sharof Rashidov tumanidagi “Gulchi opa tomorqa xizmati” klasteri rahbari, Jizzax viloyati 

Raximova Azizaxon Iminjanovna    -    Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Iminjon Muharram Bonu” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Namangan viloyati 

Turdaliyeva Farida Ismatovna    -    Sardoba tumanidagi “Sardoba agro pilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatining pillachi-inkubisti, Sirdaryo viloyati 

Tursunova Bashorat Xujanovna    -  “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Shimoliy kon boshqarmasi kran mashinisti, Navoiy viloyati 

Tursunova Dilshat Irismaxmetovna    - Yangihayot tumanidagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini faoli, Toshkent shahri 

Umurzakova Mexriniso    -   Bulung‘ur tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, Samarqand viloyati 

Xasanova Saidbibi Nematovna    -    Yangihayot tumanidagi “Orchid Beauty” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri 

Shamiyeva Dilfuza Xolmurodovna    -    Muborak gazni qayta ishlash zavodining eksperimental ta’mirlash-mexanika sexi texnologik qurilmalar operatori, Qashqadaryo viloyati 

“Do‘stlik” ordeni bilan             

Abduraxmonova Zinnatxon O‘rinboyevna  - Asaka tumanidagi “Asaka city tex” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati 

Alimova Gavxar Zayirovna  -Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi, Samarqand viloyati 

Alimova Muborakxon Shomuratovna    -    Shahrixon tumanidagi “Qaynonalar” jamoatchilik kengashi rahbari, Andijon viloyati 

Annamuratova Muxabbat Shermanovna    -    Beruniy tumanidagi “Beruniy agro pillasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Arutunyans Irina Vladimirovna    -    Namangan shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Namangan viloyati 

Belik Golnur Usmanovna    -   “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining parvozlar xavfsizligi va ma’lumotlarini tahlil qilish bo‘yicha mutaxassisi

Boboyorova Feruza Fayziyevna    -    O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi 

Dementeyenko Lyudmila Ivanovna    -    O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining “Regionalgeologiya” davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi 

Djurayeva Gulchehra Sadikovna    -    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira 

Jumayeva Svetlana Petrovna    -    Muzrabot tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati 

Jurayeva Ozoda Abduraximovna    -    Navoiy shahridagi “Humo Zilola barhayot” professional boshqaruv kompaniyasi rahbari, Navoiy viloyati 

Qo‘chqorova Lobar Ibodullayevna    -    Yangiariq tumanidagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Xorazm viloyati 

Nurmatova Mukaram Axmedovna    -    O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boshqarmasi boshlig‘i 

Payziyeva Guzal Revavna    -   O‘zbekiston davlat drama teatri drama artisti 

Ruzayeva Xursheda Radjabovna    -    “Hunarmand” uyushmasi Buxoro tumani bo‘limi a’zosi, zardo‘z, Buxoro viloyati 

Sattorova Muxayoxon Jiyanovna    -    Rishton tumanidagi “MM Porcelain” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati 

Usmanova Nargiza Saidovna    -    Toshkent tumanidagi “Bahoriy gullar” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati 

Xalimova Mastura Urunbayevna    -    Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining innovatsion loyiha rahbari 

Xlebnikova Tamara Vladimirovna    -    Chilonzor tumanidagi 14-madaniyat markazining “Faxriya” xor jamoasi rahbari, Toshkent shahri 

Shamsiyeva Norbuvi Soliyevna    -    Jizzax shahridagi “Olmazor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Jizzax viloyati 

Ergasheva Dilorom    -   “Mashrab” nashriyoti bosh muharriri, Namangan viloyati 

Yusupova Dilnovoz Raxmonovna    -    Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘zbek adabiyoti tarixi va folklor kafedrasi professori 

I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan 

Shodiyeva Ra’no Odilovna    -   O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi direktori 

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan 

Babanazarova Ma’rifat Turdiyevna    -    Sho‘rchi tumanidagi 13-maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, Surxondaryo viloyati 

Gladkova Tatyana Sergeyevna    -Samarqand olimpiya zaxiralari kollejining yengil atletika bo‘yicha bosh murabbiysi, Samarqand viloyati 

Ismailova Zulfiya  - “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining Xonqa tumani tayanch punkti direktori, Xorazm viloyati 

Kushayeva Mavluda Yusupovna    - Paxtakor tumanidagi 13-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Jizzax viloyati 

Muratova Toygul Kucherovna    - Mirzaobod tumanidagi “Kelajagi barkamol avlod bolalari” oilaviy bolalar uyi rahbari, Sirdaryo viloyati 

Nosirova Muazzamxon Urmonbekovna    -    Andijon shahridagi Bolalar shaharchasi direktori, Andijon viloyati 

Obidova Shaxlo Valiyevna    -   Kitob tumanidagi 2-oilaviy bolalar uyi tarbiyachisi, Qashqadaryo viloyati 

Sayfullayeva Saida Ibadovna    -    “Buxoroi Sharif” jamoat fondi boshqaruvi raisi, Buxoro viloyati 

Xalikova Dilfuza Anvarovna    -    Nurafshon shahridagi “Shirin mehrim” oilaviy bolalar uyi rahbari, Toshkent viloyati 

Xamrayeva Zulfiya Djavlanovna    -    O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri direktori 

Hamroyeva Mahfuza Islomovna    -    Navoiy viloyati “Ona va bola skriningi” markazi direktori 

I darajali “Salomatlik” ordeni bilan 

Tadjibayeva Yulduz    -   Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining onkologiya kafedrasi professori  

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan 

Raxmankulova Nargiza Sattarovna    -    Respublika maxsus 2-Zangiota shifoxonasining 2-reanimatsiya bo‘limi katta hamshirasi 

Yuldasheva Muxabbat Ravshanovna    -    Qarshi tumanidagi “Trast Med Farm” xususiy korxonasi boshqaruvchisi, Qashqadaryo viloyati 

Yuldasheva Saida Anvarovna    -    Toshkent shahridagi 1-bolalar klinik shifoxonasining anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi mudiri 

“Sog‘lom turmush” medali bilan

Axmadaliyeva Gulchexra Ismatullayevna    -    Namangan tumani tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limi katta hamshirasi, Namangan viloyati 

Jaksimuratova Aysultan Jumambetovna    -    Qonliko‘l tumanidagi 19-bolalar musiqa va san’at maktabining qo‘shiqchilik bo‘limi o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Kurbanova Diloramxon Ibragimdjon qizi    -   Andijon davlat tibbiyot institutining farmakologiya, klinik farmakologiya va tibbiyot biotexnologiyalari kafedrasi mudiri 

Miltikbayeva Nasiba Kenesovna    -    Romitan tumanidagi “Qizil Ravot” qishloq vrachlik punkti mudiri, Buxoro viloyati 

Muminova Firuza Turakulovna    -    O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi 

Saparova Ra’no Djangabayevna    -    Qorao‘zak tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi katta hamshirasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Safarova Gulmira Karimovna    -    Ishtixon tumanidagi “Moxpar” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Samarqand viloyati 

Sodiqova Feruza Xakimovna    -    Farg‘ona shahridagi Ayollar sport-sog‘lomlashtirish markazi direktori, Farg‘ona viloyati 

Xamdamova Baxora Maratovna    -    Navoiy viloyati gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktori 

Xasanova Aymenli Xemrayevna    -    Sharof Rashidov tumanidagi yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha hunarmand, Jizzax viloyati 

Yusupova Saboxat Rashidovna    -    Oltinsoy tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiysi, Surxondaryo viloyati 

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan 

Abdurazakova Sanobar Erminjonovna    -    Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i 

Jamalova Baxargul Oralbayevna    -    Mo‘ynoq tumani mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Jo‘rabekova Oydin Dustovna    -    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sariosiyo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri, Surxondaryo viloyati 

Imomova Dilorom Ne’matovna    -    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari 

Madaminova Feruza Vaxidovna    -    Mirobod tumani hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i, Toshkent shahri 

Mexmonova Dilorom Dadajonovna    -    “Tadbirkor ayol” uyushmasining Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi 

Mirzadjanova Dilshoda Muxtarovna    -    O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boshqarmasi boshlig‘i 

Orziyeva Mavluda Abdinazarovna    -    Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi katta psixologi 

Radjabova Shoira Nurmatovna    -    Angor tumani hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati 

Suyunova Umida Xurozovna    -   Samarqand shahridagi 59-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati 

Turdaliyeva Dina Kenesovna    -O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi 

Tursunova Maxmuda Ibraximxadjayevna    -   “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “O‘zbekiston” lokomotiv deposi texnigi, Toshkent viloyati 

Umarova Yoqutxon Xakimovna    -    Uychi tumani prokuraturasi katta noziri, Namangan viloyati 

Usmanova Dilshoda Nabiyevna    -    Dang‘ara tumanidagi “Ayubxon tekstil” xususiy korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati 

Xasanova Firyuza Marifovna    -    Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri 

Xujanazarova Nodira Isomiddinovna    -    Xatirchi tumani davlat soliq inspeksiyasining bo‘lim katta inspektori, Navoiy viloyati 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan 

Abdullayeva Go‘zal Ravshan qizi    -    O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri xor artisti 

Bahronova Durdona Salim qizi    -    Amerika Qo‘shma Shtatlari “Super dispatch” kompaniyasining Toshkent shahridagi dasturchisi 

Ni Kristina Aleksandrovna    -O‘zbekiston davlat simfonik orkestri oliy toifali orkestr artisti

Nurillayeva Nurxon Botir qizi    -    “Uzbekistan GTL” mas’uliyati cheklangan jamiyatining markaziy laboratoriyasi laboranti, Qashqadaryo viloyati 

Palvonova Sevara Baxromovna    -    “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki” direksiyasining startap loyihalar menejeri, Xorazm viloyati 

Raxmankulova Go‘zal Axmat qizi    -    O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Yangihayot tumani bo‘limining “Iqbol” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Toshkent shahri 

Xoliqova Tursunoy Ibrogim qizi    -    O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Kasbi tumani bo‘limining “Jizza” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Qashqadaryo viloyati 

“Shuhrat” medali bilan 

Abdullayeva Shaxnoza Kudratovna    -    Toshkent shahridagi “Shox Med Center” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori 

Abduraimova Nilufar Irisboyevna    -    G‘allaorol tumanidagi “Sohibqiron darvozasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati 

Abidjanova Feruza Abdullayevna    -    O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi 

Abilova Gulsin Baymanovna    -Koson tumanidagi “Koson agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Qashqadaryo viloyati 

Amanova Maxfurat Eshmuradovna    -    Toshkent davlat agrar universitetining meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi professori 

Artikova Hafiza Tuymurodovna    -    Buxoro davlat universitetining agronomiya va biotexnologiya fakulteti dekani, Buxoro viloyati 

Axmedova Djamilya Abduraxmanovna    -    Uchqo‘rg‘on tumani obodonlashtirish boshqarmasi ko‘kalamzorlashtiruvchisi, Namangan viloyati 

Baltabayeva Nursulu Koshkinbayevna    -    Nukus shahridagi Prezident maktabining ijrochi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Begmatova Nargiza Saibjon qizi    -    O‘zbekiston davlat simfonik orkestri oliy toifali orkestr artisti 

Vallayeva Dilafruz Rustamovna    -    Termiz tumanidagi “Ostona gilamchi” oilaviy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati 

Valter Irina Buranovna    -   “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi yetakchi sahna ustasi 

G‘aniyeva Shaxnoza Ma’mirovna    -    Farg‘ona shahridagi “Ibratli bekam” o‘quv markazi rahbari, Farg‘ona viloyati 

Davletyarova Zulfiya Japakovna    -    Qo‘ng‘irot tumanidagi “Diyor market Kungrad” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Dauletnazarova Raya Kurbanbayevna    -    “Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasining sex muhandis-metrologi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Djumaniyazova Feruza Djumanazarovna    -    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi 

Jo‘rayeva Zamiraxon Pozilovna    -    Andijon shahridagi “O‘z-Tong Hong kompani” qo‘shma korxonasining tikuv sexi katta ustasi, Andijon viloyati 

Ziyatova Shaxlo Bekqulovna    -Nurota tumanidagi “Nurota qorako‘l naslchilik” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni, Navoiy viloyati 

Isayeva Gulbaxor Tishabayevna    -    Termiz shahridagi “Komfort Sherxon servis” professional boshqaruv kompaniyasi rahbari, Surxondaryo viloyati 

Isamuxamedova Gulnora Lutpullayevna    -    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining inspektori 

Ishanxanova Nigora Nasirovna    -    O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining ijtimoiy sug‘urta bo‘limi mudiri 

Kaziyeva Sadokat Sarvarovna    -    Toshkent shahridagi “Fastechnika” mas’uliyati cheklangan jamiyatining dizayn bo‘limi boshlig‘i 

Kamilova Xilola Akramdjanovna    -    Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi 

Kamolova Muharram Komil qizi    -    Jondor tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati 

Karabekova Buvsara Razakovna    -    Zarbdor tumanidagi “Fidokor Firdavs” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati 

Qoriyeva Ra’noxon Faxriddinovna    -    Uychi tumanidagi “Barnogul-Ziyo Fayz” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Namangan viloyati 

Levitskaya Yuliya Vladimirovna    -    O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi ilmiy kotibi 

Mardonova Guljaxon Amonovna    -    O‘zbekiston Milliy axborot agentligining ilm-fan va innovatsiyalar bo‘limi mudiri

Masalimova Nayllya Mansurovna    -    Parkent tumanidagi “Med Torg Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati 

Matmuratova Muqaddas Karimovna    -    Gurlan tumani telekommunikatsiya bog‘lamasi boshlig‘i, Xorazm viloyati   

Maxkamova Nigora Madaminjonovna    -    Sirdaryo tumanidagi “Peng Sheng Shoes” mas’uliyati cheklangan jamiyatining ishlab chiqarish sexi brigada boshlig‘i, Sirdaryo viloyati 

Mirzayeva Gulshan Baxtiyorovna    -    “Tadbirkor ayol” uyushmasining Nurobod tumani bo‘limi raisi, Samarqand viloyati 

Nasirdinova Nodiraxon Abdugapparovna    -    Andijon shahridagi “Palma Sitrus” oilaviy korxonasi rahbari, Andijon viloyati 

Nasridinova Maxmuda Baxriddinovna    -    Namangan shahridagi “Chamanzor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Namangan viloyati 

Olimova Rano Yuldashvayevna    -    “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining “Yoshlik-1” koni direksiya yetakchi muhandisi, Toshkent viloyati 

Omar-Mun Yasmina Xalidovna    -    Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti talabasi 

Otamuratova Nadira Kamiljanovna    -   “Hunarmand” uyushmasining Urganch tumani bo‘limi a’zosi, zardo‘z, Xorazm viloyati 

Roziyeva Xosiyat Allayevna    -   Mirishkor tumanidagi ko‘zi ojizlar kutubxonasi mudiri, Qashqadaryo viloyati 

Sultanova Dilobar Xolmurodovna    -    Shahrisabz tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi tozalik bekasi, Qashqadaryo viloyati 

Teshaboyeva Barnoxon Xurboyevna    -    “Hunarmand” uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi a’zosi, savat to‘quvchi 

Tursunova Sanobarxon Ergashevna    -    Qo‘shtepa tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Farg‘ona viloyati 

Usmonova Dilnoza Xamrakulovna    -    Boyovut tumanidagi “Guliston limon eksport” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati 

Fayziyeva Dilorom Nuridinovna    -    Buxoro shahridagi “Fayz qurilish mollari” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Buxoro viloyati 

Farmonova Nafisa Shukurovna    -    O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli artist-maqomchisi 

Fozilova Gulnora Yashinovna    -    Sirdaryo tumanidagi “Temur Med Farm” mas’uliyati cheklangan jamiyati mikrobiologi, Sirdaryo viloyati 

Xabirova Dilshora Alimovna    -    Olmazor tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi, Toshkent shahri 

Xayitova Feruza Turdibayevna    -    Quyi Chirchiq tumanidagi “Quyi Chirchiq Agro Biznes” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati 

Xakimova Sabina Muratovna    -    Tayloq tumanidagi “Tohirbek sifat savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati 

Xamdamova Dilafruz Baratullayevna    -    Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi direktori, Jizzax viloyati 

Xashimova Mukaddasxon Adxamjanovna    -   “Hunarmand” yyushmasining Marg‘ilon shahar bo‘limi a’zosi, do‘ppido‘z, Farg‘ona viloyati 

Xolova Maksuda Asatovna    -   Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Temur musaffo qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh muhandisi, Samarqand viloyati 

Xudaykulova Farog‘at Musurmonovna    -   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy targ‘ibot va tadbirlarni uyushtirish bo‘limi boshlig‘i 

Sharipova Gulnora Tadjibayevna    -    Sergeli tumani obodonlashtirish boshqarmasining sanitar tozalash bo‘limi brigada boshlig‘i, Toshkent shahri 

Ergasheva Matluba Qodirovna    -    Pop tumanidagi “Papfen” xorijiy korxonasining ip yigiruv va o‘rash bo‘limi ip yigiruvchisi, Namangan viloyati 

Yunusova Gulnora Abdumutalibovna    -   O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” telekanali Prezident “POOL” xizmati muxbirlar guruhi katta muharriri     

                         O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOEV.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident mukofot

Baholaganlar

79

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing