O‘zbekistonda avval ham karantin rejimi o‘rnatilganmi?
Jamiyat
−
31 mart 2020
9930O‘n besh kundirki O‘zbekiston koronavrius infeksiyasining tarqalishi sababli karantin muhitida yashayapti. Odamlarda esa avval ham shunday karantin e’lon qilinganmi? Qilingan bo‘sa, qachon va nima sababdan shunday bo‘lgan degan savol qiziqtirib qoldi. Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov shu savolga javob berdi.
“Ha bo‘lgan, faqat 1966 yilda Sobiq ittifoq davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasida vabo kasalligi tarqalganligi uchun karantin o‘rnatilgan. O‘zbekistonlik tibbiyot sohasidagi katta katta olimlar sa’y harakati bilan vabo kasalligining respublika bo‘yicha keng tarqalib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan”, dedi Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 158 nafarga yetdi. Ularning 7 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi