Prezident Aziz Abduhakimovni yangi lavozimga tayinladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 9 aprel kuni Aziz Abduhakimovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 

Shuningdek, Prezidentning 9 aprel kuni qabul qilgan PQ-5069-sonli qaroriga binoan:

•    Ulug‘bek Ahmadovich Azamov turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;

•    Abdulaziz O‘rolboyevich Aqkulov turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga;

•    Avazjon Qudratillayevich Karimov turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga;

•    Zarif Ochilovich Kazakov turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.


Shu bilan birga, Prezidentning PQ-5068-sonli qarori asosida boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Faxriddin Umarovich Davrukov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Prezidentning tegishli Farmoniga asosan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Aziz Abduhakimov

Baholaganlar

215

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing