Aviahalokat qurbonlariga 4 mln tengedan kompensatsiya to‘lanadi – Prezident

Olam

image

Xabaringiz bor, bugun, 27 dekabr kuni Qozog‘istonda Olma-ota–Nur-Sulton yo‘nalishida uchgan samolyot quladi. Natijada hozirgacha 12 kishi halok bo‘ldi, jarohatlanganlar 40 nafardan ortiq.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev aviahalokatda  qurbon bo‘lganlarning oilasiga 4 mln tengedan pul ajratilishiga ko‘rsatma berdi.

Samolyot fojiasida jarohatlanganlarga ham kerakli moddiy yordam ko‘rsatiladi.

Favqulodda o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezident barcha aviakompaniyalar va aviatsiya infratuzilmalarini tekshirishni buyurgan.

Bosh prokuratura va IIVga aviahalokat sabablarini o‘rganish, aybdorlarni jazolash va Olma-ota aeroporti yaqinidagi bino qurilishining qonuniyligini tekshirishni topshirgan.

Ma’lumot uchun, Bek Air aviakompaniyasining halokatga uchragan samolyotida 100 kishi bo‘lgan. Shundan, 95 nafari yo‘lovchi, 5 nafari ekipaj a’zosi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston aviahalokat

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing