Prezident qaroriga o‘zgartirish kiritildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

O‘zgartirishlarga muvofiq:

tanlov g‘oliblari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi va rivojlangan mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida kamida 3 oy stajirovka o‘taydi;

final bosqichining boshqa ishtirokchilari boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi, shuningdek, ish bilan ta’minlanganidan so‘ng ular ham rivojlangan mamlakatlarda kamida 1 oy stajirovka o‘taydi.

Stajirovka o‘tagan tanlov g‘oliblari va final bosqichining ishtirokchilari zimmasiga, ularni stajirovka o‘tash uchun yuborgan tashkilot bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan muddatda ushbu tashkilotda ishlab berish majburiyati yuklatiladi.

Tanlov g‘oliblarini rahbarlik lavozimiga tayinlash, g‘oliblar va final bosqichining ishtirokchilarini rivojlangan mamlakatlarga stajirovka yuborish ularni rahbar lavozimlarga tayinlash ishlarini monitoring qilish Prezident Administratsiyasining umumiy muvofiqlashtiruvi ostida amalga oshiriladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

qaror kadrlar

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing