Prezident aeroportda qahramonlik qilgan erkakni mukofotladi
Olam
−
07 mart
18056Avvalroq, Qozog‘istonning Olmaota shahri aeroportida noma’lum erkak pichoq bilan aeroport xodimasini garovga olgani xabar qilingan edi. Mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mazkur ekstremal vaziyatda ko‘rsatgan jasorati va fidoyiligi uchun Musa Sayranbayuli Abdurayimni “Mardligi uchun” medali bilan taqdirladi. Bu haqda Oq o‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbarining farmoni bilan Musa Sayranbayuli Abdurayimga ushbu mukofot topshirilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, qahramon – 52 yoshli Musa Abdurayim besh farzandning otasi. U aeroportga qarindoshlarini kuzatish uchun borganida, qizning qichqirganini eshitgan. Voqea joyiga yugurib borib, jinoyatchining xavfsizlik xizmati xodimasiga pichoq bilan tashlanayotganini ko‘rgan. Shunda u o‘zini garovga olingan qiz o‘rniga almashtirishni taklif qilgan. Jinoyatchi xodimani qo‘yib yuborib, Musani ushlab olgan. Musa esa oradan ko‘p o‘tmay, erkakni zararsizlantirib, uning qo‘lidagi pichoqni tortib olgan.
Musaning so‘zlariga ko‘ra, u ilgari sport bilan shug‘ullangani uchun kuchli qo‘rquv his qilmagan. Jinoyatchi qo‘lida pichoq va telefon bilan “agar tugmani bossam, portlash sodir bo‘ladi”, deb tahdid qilgan.
LiveBarchasi