Prezident Administratsiyasida tayinlovlar amalga oshirildi
Jamiyat
−
30 Oktabr 2023
16693O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida bir qancha tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Unga ko‘ra, Asilbek Anvarovich Xudoyorov Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari, Gayane Olegovna Umerova esa O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Bundan tashqari, Azimov Jobir Odilovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga o‘tgan.
Ma’lumot uchun, Jobir Azimov prokuratura tizimida ishlagan. U Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari, Toshkent shahri Uchtepa tumani prokurori lavozimlarida ishlagan.
Gayane Umerova esa 2020 yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi Bosh kotibi lavozimida ishlab kelgan.
Prezidentning tegishli qarori bilan u joriy yilning iyun oyida UNESCO bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining raisi, iyul oyida esa Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi lavozimiga tayinlangan.
Asilbek Xudoyorov esa Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi rahbari lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Prezident Administratsiyasining yangi tarkibi tasdiqlangandi.
LiveBarchasi