Prezident Administratsiyasi konsultanti vazir o‘rinbosari bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 11 noyabrdagi qarori bilan Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining yoshlar, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu kunga qadar Bahodirjon Shermuhammadov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi milliy qadriyatlar, ma’naviyat va ma’rifatni o‘rganish hamda rivojlantirish sho‘’basi bosh konsultanti lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Kongratboy Avezimbetovich Sharipov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy ta'lim vazirligi Bahodirjon Shermuhammadov

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing