Prezident Administratsiyada tayinlovlar amalga oshirildi
Jamiyat
−
23 noyabr 2019
9707O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga muvofiq Adliya vazirligi xodimlari Prezident Administratsiyasida mas’ul lavozimlarga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Adliya vazirligi Davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nodir Nurmuxammadovich Usmanov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Davlat mukofotlari va geraldika sho‘’basi yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Adliya vazirligi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Xayotjon Odilovich Klichev – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Hokimiyat vakillik organlari va siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish sho‘’basi bosh inspektori lavozimiga tayinlandi.
LiveBarchasi