Mirziyoyev Pekin Olimpiadasi ochilishida ishtirok etishi mumkin

Sport

image

Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan XXIV Qishki Olimpiya o‘yinlarida 20 ta davlat rahbari ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomi ham keltirilgan.

Xitoy markaziy televideniyesining xabariga ko‘ra, davlat rahbari Si Szinpinning shaxsiy taklifiga binoan Pekinga O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Rossiya va boshqa ko‘plab davlat rahbarlarining kelishi kutilmoqda.

“Xitoy raisi Si Szinpin 4-6 fevral kunlari Pekinda 2022 yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi. Shuningdek, tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar va hukumat rahbarlari, qirollik oilalari a’zolari hamda xalqaro tashkilot rahbarlarini kutib olish ziyofati o‘tkazadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston nomidan faqatgina Komiljon To‘xtayev saralash ko‘rsatkichlari doirasida “slalom” va “gigant slalom” yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan me’yorlarni bajarib, 2022 yilgi Olimpiadada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Olimpiada O'zbekiston Respublikasi XXR

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing