Prezident aholi shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ohangaron shahri Davlat xizmatlari markazining yangi binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Bugungi kunda Ohangaron shahrida 37 mingdan ortiq aholi yashaydi. Markazda jismoniy va yuridik shaxslarga 100 dan ziyod xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Barcha sohalar rivojlangani sari o‘zbek xalqining davlat xizmatlariga ehtiyoji va talabi ortib bormoqda. Xususan, 2018 yil davomida markaz tomonidan jami 7 mingdan ziyod xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, joriy yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 6 mingdan ortdi.

Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida binoda bolalar maydonchasi, tibbiyot xonasi, kutubxona, oshxona, investorlar uchun maxsus xonalar hamda bepul Wi-Fi tashkil etilgan.

Davlat rahbarining 2019 yil 14 maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan ushbu markazda Bosh vazir qabulxonasi tashkil etildi.

Prezident aholi ko‘p murojaat qilayotgan masalalarni o‘rganib, shunga taalluqli sharoitlarni yaxshilash, talab etiladigan hujjatlarni kamaytirib borish zarurligini ta’kidladi. Davlat xizmatlari markazi tizimidan foydalangan holda mahalla idoralarida ham hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

8

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing