Prezident 2026 yilgacha davlat xizmatchilari maoshini oshirishni taqiqladi. Qirg‘izistonda!

Olam

image

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov "Davlat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining shtat stavkalari va ish haqini oshirishga moratoriy joriy etish to‘g‘risidagi" farmonni imzoladi. Hujjat “Erkin-Too” gazetasida e’lon qilindi.

Hujjatda vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, shuningdek, elchixonalar va mahalliy hokimliklar xodimlari sonini ko‘paytirishni taqiqlash ham nazarda tutilgan. Shtat tarkibini o‘zgartirish yoki ish haqini oshirish to‘g‘risidagi qaror Prezident tomonidan shaxsan qabul qilinadigan holatlar bundan mustasno.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur chora joriy iqtisodiy vaziyatda byudjet mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanishga qaratilgan. Farmon 6 sentyabr – rasmiy e’lon qilingan kundan yetti kun o‘tgach kuchga kiradi. Cheklov 2024 yildan 2026 yilgacha amal qiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made