Prezident 2021 yilda O‘zbekiston iqtisodi qanchaga o‘sganini aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda faol islohotlar, tadbirkorlikni rivojlantirish va mahallabay ishlash boshlangani natijasida 7,4 foizga o‘sdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mahallabay ishlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha joriy yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, hududlarda 100 mingta yangi tadbirkor ish boshladi. O‘zini o‘zi band qilganlar soni 700 mingga ko‘payib, 1,2 millionga yetdi.

Qayd etilishicha, “Mahallabay” ishlash tizimi orqali “temir daftar”dagi 583 ming ehtiyojmand oila doimiy daromad bilan ta’minlandi.

“2022 yilni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb e’lon qildik. Shu bois, bu yil barcha mahallalarda tub o‘zgarishlar yili bo‘lishi kerak”, degan Prezident yig‘ilishda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

187

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing