Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kengashining tarkibi yangilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 sentyabr kuni joriy yilning 18 avgustida tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot yakunlari bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Mazkur qaror bilan tadbirkorlik faoliyatidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha tashabbuslarni ishlab chiqish, davlat organlari tomonidan bildirilgan tashabbuslarning samarali amalga oshirilishini nazorat qilish va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan bir yil avval tashkil etilgan Prezident huzuridagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoat kengashi tarkibini yangilash bo‘yicha takliflar ma’qullangan.

Endilikda kengash yig‘ilishlari har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. Kengashda tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgunga qadar muhokama qilinadi.

Kengash a’zoligidan chiqqanlar:

  1. Sardor Umurzoqov – Prezident administratsiyasi sobiq rahbari;
  2. Laziz Qudratov – investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri;
  3. Ilhom Norqulov – iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari;
  4. Sherzod Qudbiyev – Soliq qo‘mitasi boshlig‘i;
  5. Obid Hakimov – Prezident maslahatchisi o‘rinbosari;
  6. M. Allayorov – Prezident administratsiyasi Huquqiy ekspertiza bo‘limi mudiri o‘rinbosari;
  7. Mirziyod Yunusov – “O‘zeltexsanoat” boshqaruvi raisi;
  8. Abdulla Abduqodirov – “Double A Solutions” MCHJ sobiq asoschisi;
  9. Sarvar Axadov – “Texnopark” MCHJ direktori;
  10. Murod Nazarov – “Murad Buildings” MCHJ ta’sischisi;
  11. Q. Panayev – “Uy-Jay Qurilis” MCHJ sobiq direktori;
  12. Fazliddin Sirojiddinov – Uztex Group direktori;
  13. Kamol Abdullayev – Sam Antep Gilam qo‘shma korxonasi direktori;
  14. Toji Rasulov – “Rasulov Toji” MCHJ direktori;
  15. Jasur Aminov – “Red Star Oxus” MCHJ direktori.

Kengashning yangi a’zolari quyidagilardan iborat:

  1. Larisa Belousova – O‘zbekiston muhandis-konsalting uyushmasi direktori;
  2. Gulnora Mahmudova – “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar uyushmasi raisi;
  3. Murodjon Muhamedjonov – United Tax Advisors soliq maslahatchilari tashkiloti direktori;
  4. Elmurod Abdullayev – Sun-Hightech asoschisi;
  5. Rahmatjon Abdullayev – Almerro Group asoschisi;
  6. Odiljon Boltayev – Well Done rahbari;
  7. Anna Dobrix – “Iftihor Kiyim Sanoat” MCHJ rahbari, senator;
  8. Joldasbay Yesmurzayev – “Medical Centre” MCHJ ta’sischisi;
  9. Faxriddin Ilyosov – “Ilyasov” MCHJ ta’sischisi;
  10. Anvar Irchayev – Universalbank boshqaruvi raisi;
  11. Jozef Lasselberger – “Lasselsberger” MCHJ asoschisi;
  12. Xasan Mamasaidov – Dekos Group rahbari;
  13. Zafarjon Mustafoyev – Uzbek Leasing International kompaniyasi bosh direktori;
  14. Saidvali Nasriddinov – Agro Prodex Group direktori;
  15. Ulug‘bek Rahimov – Kid’s Plate Distribution asoschilaridan biri;
  16. Ulug‘bek Rasulov – Orient Ceramic asoschisi;
  17. Umidbek Safarov – Soliq Kalkulyatori direktori;
  18. Farhod Toshtemirov – K7 Hotel Management direktori;
  19. Haydar O‘roqov – Navobod naslli parranda fermer xo‘jaligi rahbari;
  20. Tohir Sharipov – Procab direktori.

Maqola muallifi

Teglar

Prezident Tadbirkorlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made